Surxondaryoda ikki yuz ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi
eʼlon qilindi
Ular O‘zbekiston-Xitoy arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan
Surxondaryo viloyatida qariyb 2 ming yillik qadimiy shahar qoldiqlari topildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sopol idishlar, qurollar, taqinchoqlar, haykalchalar, minoralarning qismlari topilgan. Taxminan 4 ming yillik qabrlar ham topilgan.
Ular Uzun tumanida faoliyat yurituvchi O‘zbekiston-Xitoy arxeologlar guruhi tomonidan topilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bu arxeologik topilmalar miloddan avvalgi II-asr Qang’, Kushon va Yuechji (massagetlar) davriga toʻgʻri keladi.
Hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Surxondaryoda fuqaro 23 mlrd so‘mlik me’moriy obidani vayron qilgani haqida xabar berilgan edi.