Buxoroda Jadidlar merosi davlat muzeyi ochiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bu haqdagi qaror O‘zR prezidenti tomonidan imzolandi
Rasm: Madaniyat va sa’natni rivojlantirish jamg‘armasi

Buxoroda Jadidlar merosi davlat muzeyi tashkil etiladi. U Hovli Poyon majmuasida joylashadi. Bu haqda O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarorida aytilgan.

Muzey Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga tegishli bo‘ladi. Muassasani saqlash xarajatlari Buxoro viloyati mahalliy byudjeti, shuningdek, muzeyning o‘z daromadlari hisobidan qoplanadi.

Xorijdan olib kelingan barcha muzey ashyolari va kolleksiyalari, kitoblar va qo‘lyozmalar, shuningdek, muzey yaratish uchun olib kiriladigan qurilish materiallari, jihozlar, mebellar va boshqa inventarlar 2025-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentdagi O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyida rassomning rasmlarini restavratsiya qilish bo‘lib o‘tganini e’lon qilgan edi. Ishlar O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirildi.

Shuningdek