Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi aviaqatnovlar soni haftasiga yettitaga yetkaziladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Mamlakatlarning transport vazirliklari bu borada kelishib oldilar
                    
                            
O‘zbekiston va Qatar transport sohasida, ayniqsa, yo‘lovchi havo transportida hamkorlikni faollashtirmoqda, deb xabar qildi respublika Transport vazirligi matbuot xizmati.
Bir kun avval O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Qatar fuqaro aviatsiyasi rahbari Muhammad Faleh Al-Hajri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Transport idoralari vakillari Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 4 tadan 7 tagacha oshirishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, ular Qatar poytaxti Dohani mamlakatimizdagi ko‘plab viloyat aeroportlar bilan bog‘lamoqchi.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yil aprelida O‘zbekiston va Qatar strategik sherik bo‘lishganini e’lon qilgan edi.
