Qirg‘izistonga eng ko‘p tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston fuqarolaridir

eʼlon qilindi
Bu haqda Qirg‘iziston Turizm departamenti xabar berdi
Foto: Sportishka

Qirgʻiziston Turizm departamenti rahbari Maksat Usubaliyev so‘zlariga ko‘ra davlatga koʻpincha Oʻzbekiston fuqarolari tashrif buyurishadi, deya xabar berdi 24 kg.

Usubaliyevning aytishicha, xorijliklar Qirg‘izistonda 30, 60 yoki 90 kungacha qolishi mumkin.

Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, 2024-yildan Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari davlat chegarasini xorijiy pasportsiz kesib oʻtish imkoniyatiga ega.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 1,5 million sayyoh tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

Shuningdek