7-iyun kuni respublikada issiq ob-havo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin
Rasm: Pixels

Bugun, 7-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati 39 darajagacha issiq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 33-35 daraja issiq va kechasi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 20-25 daraja iliq va kechasi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek