Samarqandda sanoat statistiklarining yirik yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Shaharda statistik hisob bo‘yicha seminar tashkil etildi
                    
                            
Samarqandda sanoat statistikasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada sanoatni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirda O‘zbekiston Statistika agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO), shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Seminar davomida tomonlar Markaziy Osiyoda tahlil va statistikani rivojlantirish hamda BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini ham muhokama qilishadi.
Avvalroq «Kursiv» Samarqand Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitiga mezbonlik qilishi haqida yozgan edi.
