Andijonga dunyo yulduzlari Tarkan, Modern Talking, Psy, Eminem keladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi
                    
                            
Jahon yulduzlari «Dunyo sadolari» fеstivalida ishtirok etish uchun Andijon viloyatining Xonobod shahriga keladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Shu yilning iyul oyida Andijonimizda “Dunyo sadolari» fеstivali oʻtkaziladi. Unda aholimiz uchun dunyo yulduzlari ishtirokida shou gala konsеrtlar tashkil etish rеjalashtirilgan va harakatlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ushbu xabarda taqdim qilingan videoda Modern Talking guruhi, Usher, Shon Pol, Tarkan, Arash, Mustafo Sandal, Psy , Pitbull, Eminem, 50 Cent, Inna, Kameliya, Seeya, Era Istrefi, Nancy kabi mashhurlarning ismlarini koʻrish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Mashhur rok xonandasi Jared Leto Toshkentda konsert berishi haqida xabar bergan edi.
