Bozordagi vaziyat: Federal zaxira tizimi qarori kumush narxining pasayishiga olib keldi
eʼlon qilindi
Oltin ham arzonlashdi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Federal zaxira tizimi (FZT) stavkalarini saqlab qolish toʻgʻrisidagi qarori fonida kumush narxi pasaydi. Bu haqda «Trading Economics» portali xabar bermoqda.
Hozir kumushning bir unsiyasi taxminan $29 turadi. Bu 11 yillik eng yuqori narxga ($32) erishilgan 28-maydagidan sezilarli darajada kamroq.
Oltinning narxi ham bir unsiya uchun taxminan $2,31 minggacha arzonlashdi.
Oltin va kumush narxining tushishiga AQShda iqtisodiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi, shuningdek, Federal zaxira tizimining stavkalarini saqlab qolishi sabab boʻldi.
Avvalroq «Kursiv» 12-iyun kungi bozordagi vaziyat haqida xabar bergan edi.