Toshkentning ikki koʻchasi marafon oʻtkazilishi sababli yopiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
15-iyun kuni
Foto: O‘zbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati

Toshkentda 15-iyun kuni «Yoshlar oyligi» loyihasi doirasida velomarafon oʻtkazilishi munosabati bilan Yakkasaroy tumanidagi ikkita koʻcha vaqtincha yopiladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Marafon Yakkasaroy tumani hokimligi va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan 15-iyun kuni soat 9:00 Yakkasaroy tumani hokimligi oldidan Oʻrikzor va Shohjahon koʻchalari 144-maktabgacha «Avtomobilsiz kun» velomarafon tadbiri uchun vaqtinchalik yopiladi.

Avvalroq «Kursiv» poytaxtda har oyning toʻrtinchi chorshanbasida «Avtomobilsiz kun» aksiyasi oʻtkazilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek