O‘zbekiston Senati bojxonada qolib ketgan lift va eskalatorlar muammosini hal qildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Qariyb $10 millionlik uch yuzdan ortiq liftni mamlakatga olib kirish mumkin emas edi
Rasm:PeopleImages / depositphotos.com

O‘zbekistonda tadbirkorlar bojxona omborlarida qolib ketgan lift va eskalatorlarni olib chiqishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda parlament yuqori palatasi saytida xabar berildi.

Muammo shundaki, lift va eskalatorlar qonuniy yo‘l bilan, sanoat xavfsizligi davlat organining 17 ta muvofiqlik sertifikati bilan olib kelingan. Ammo bu tashkilot akkreditatsiyadan mahrum bo‘ldi. Umumiy qiymati $9,5 millionlik 332 ta lift va eskalator bojxonada tiqilib qolgan.

Vaziyatga parlamentning yuqori palatasi aralashdi. Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan muammoni o‘rganish jarayonida tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan sun’iy to‘siqlar va byurokratik ish usullari aniqlandi.

Senat qoʻmitasi raisi Qutbitdin Burxonov hukumatga senatorlik soʻrovi yoʻllab, yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan tushuntirish berishni talab qildi.

«Senator so‘rovidan so‘ng O‘zbekiston akkreditatsiya markazi qaroriga asosan “Sanoat xavfsizligi» DM mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi nomiga rasmiylashtirilgan (OZAK.MS.0068) va sinov laboratoriyasi nomiga rasmiylashtirilgan (OZAK.SL.0248) akkreditatsiya guvohnomalari qayta tiklandi hamda tadbirkorlarga lift, eskalator va travolator uchun belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatlarini berish jarayoni qayta yo‘lga qo‘yildi”, deyiladi xabarda.

2024-yil 14-iyun holatiga ko‘ra, bojxona omborlaridan 36 ta tadbirkorlik subyektining 150 ta lifti olib qo‘yildi.

Avvalroq «Kursiv» Andijonda Xitoyning «Cashway Fintech» kompaniyasi ko‘magida liftlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek