Shenchjendagi BYD zavodi kuniga 750 ta avtomobil ishlab chiqarmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda “ixbt.com” nashri xabar bermoqda
Foto: Unsplash

Shenchjen shahridagi BYD avtomobil zavodi rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvatiga yetdi. Bu kuniga 750 tagacha avtomobil ishlab chiqarishi mumkinligini anglatadi. Bu haqda «ixbt.com» nashri xabar bermoqda.

Joriy yilning mart oyida mamlakat Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi BYDʼning yangi yoʻlovchi elektromobil zavodini kengaytirishni ma’qullagan edi. Hozirgi kunda zavod rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmiga yetdi.

Shuningdek, mazkur zavod kompaniyaning Xitoydagi ishlab chiqarish bazalari orasida tayyor mashinalarni xalqaro portga juda tez yetkazib bera oladigan yagona hisoblanadi. Yangi avtomobillarni avtomobil sanoat parki ishlab chiqarish liniyasidan chiqqandan soʻng portga yetkazib berish vaqti atigi 5 daqiqani tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, BYD allaqachon butun dunyo boʻylab oʻzining minglab avtomobillarini yetkazib beruvchi kemaga ega va bunday kemalardan butun bir park qurmoqda.

Avvalroq «Kursiv» qaysi BYD modeli eng koʻp ishlab chiqarilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek