Uzcard 2023-yilda $50 mlndan ortiq foyda oldi

eʼlon qilindi
Bu 2022-yilgi olingan foyda ko‘rsatkichiga nisbatan 47,2% ga ortiq
Foto: 2GIS

Uzcard toʻlov tizimi 2023-yilni XMHS boʻyicha $51,6 mln miqdordagi sof foyda bilan yakunlagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida «KAP DEPO» investitsiya kompaniyasi xabar bermoqda.

Bu 2022-yilgi olingan foyda ko‘rsatkichiga nisbatan 47,2% ga ortiq bo‘lib, shu davrdagi sof tushum 43,4% ga oshib, $77,8 mlnga yetgani qayd etilgan.

«2022-yil oktabr oyida beshta bankka tegishli bo‘lgan Uzcard’dagi davlat ulushining 75% qismi kompaniyaning to‘rtta hammuallifiga o‘tkazilgan, ular bitimga qadar jami 25% ulushga ega bo‘lgan edi. O‘shanda Uzcard’dagi davlat ulushi 210,1 mlrdga ($18,9 mln) narxda sotilgan», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Uzcard toʻlov tizimi aksiyalarning dastlabki emissiyasini roʻyxatdan oʻtkazgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek