25-iyun kuni respublikada issiq va quruq ob-havo bo‘ladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi
Rasm: Pixelery.com /www.depositphotos.com

Bugun, 25-iyun kuni Oʻzbekistonda yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo quruq va issiq boʻladi. Respublikaning janubiy hududlarida havo 41 daraja isishi kuzatiladi. Boshqa viloyatlarda kunduzi havo harorati 34-39 daraja issiq boʻladi, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi va oʻzgarib turishi mumkin. Yomgʻir yogʻmaydi. Kunduzi havo harorati 35-37 daraja issiq, kechasi esa 21-23 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi havo 20-25 daraja iliq va kechasi 11-16 daraja iliq boʻladi.

Shuningdek