Xorij fuqarolarining Toshkent viloyatida narkolaboratoriya ochgani aniqlandi         

eʼlon qilindi
Jinoyatchilar hibsga olingan
Foto: DXX

Xorij fuqarolarining Toshkent viloyatida narkolaboratoriya ochgani aniqlandi. Holat DXX xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda aniqlangan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Tashkil etilgan narkolaboratoriya Telegram messenjeridagi onlayn «biznes» uchun ombor vazifasini o‘tagani aniqlandi.

«1998-yilda tugʻilgan Ukraina fuqarosi va 2001-yilda tugʻilgan Ozarbayjon fuqarosi vaqtincha istiqomat qilayotgan Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda 411 gramm “Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositasi, 7 kiloga yaqin yarim tayyor narkotik moddalar hamda 237 kilo prekursorlar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib musodara qilingan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, jinoyatchilar u yerda xorijdan yetkazilgan xom ashyolar yordamida sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shugʻullanib kelgan.

Shuningdek, Sergeli tumanida ham shunday jinoiy holat qayd etilgan. Jinoyatchilik qoʻshni respublikadan davlatlararo yoʻlovchi tashuvchi avtobus orqali jo‘natilgan 4 kilogramm 799 gramm «Alfa-PVP» sintetik narkotikni qabul qilinayotgan vaqtida aniqlangan. Voqea joyida mazkur tumanda yashovchi, 1985-yilda tugʻilgan shaxs qoʻlga olingan.

Bundan tashqari, maxsus xodimlar tomonidan Yunusobod tumanidagi ham shunday holat fosh etilgan. O‘sha tumanda istiqomat qiluvchi, 25 yoshli shaxs oʻz xonadoni yaqinida joylashgan elektr transformatori ostiga 584 gramm gashish moddasini yashirib qoʻygani aniqlangan.  Ushbu giyohvandlik vositasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 Ma’lumot o‘rnida yuqoridagi uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan va qonunbuzarlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Internet orqali giyohvandlik vositalarini reklama qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek