O‘zbekiston banklarida qaysi soha mutaxassislariga talab katta

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ushbu mavzu muhokama qilindi
Rasm: billiondigital / depositphotos.com

Raqamli transformatsiya sharoitida O‘zbekiston banklari yangi mutaxassislarga ehtiyoj sezishmoqda. 29-iyun kuni bo‘lib o‘tgan «Banklarda raqamli transformatsiya: ta’lim bilan o‘zaro hamkorlik» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ushbu mavzu muhokama qilindi.

 «Asakabank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bekzod Tangmatov o‘z nutqida bank hozirda raqamli transformatsiya yo‘lidan o‘tayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z maqsadlariga erishish uchun moliyaviy institutlarga savdo menejerlari, mahsulot menejerlari, risk menejerlari, marketologlar, ma’lumotlar tahlilchilari, dasturchilar va HR menejerlari kerak.

Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmatov moliya muassasasiga IT-sohasini tushunadigan buxgalter va iqtisodchilar zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» Biznesni rivojlantirish banki IT-kompaniyasi – BRB Techni ishga tushirganini e’lon qilgan edi. U bankning IT-ekotizimini rivojlantirish va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, yangi IT-mahsulotlar, jumladan, mobil ilovalar va xizmatlarni yaratish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek