Biz Afgʻoniston orqali tranzitni ta’minladik – Tolibon

eʼlon qilindi
Bu haqda harakat vakili bayonot berdi
Foto: TTstudio / www.depositphotos.com

Afgʻoniston oʻz hududi orqali tranzitni ta’minlay oldi, sababi Kobul iqtisodiy rivojlanishni birinchi oʻringa qoʻyadi. Bu haqda Tolibon vakili Zabihulla Mujohid ma’lum qildi.

Mujohidning ma’lum qilishicha, Afgʻoniston hukumati xalqaro loyihalarda ishtirok etishdan manfaatdor. Tolibon Trans-Afgʻon magistral loyihasi doirasida Oʻzbekiston va Pokiston bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Amaldagi hukumat Turkmanistondan Hindistonga Afgʻoniston orqali oʻtadigan gaz quvurini qurish tarafdori. Shuningdek, Kobul «Shimol-Janub» logistika koridori qurilishidan manfaatdorligini bildirdi.

Mujohidning qoʻshimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat Afgʻoniston ichki ishlarini tashqi siyosatdan ajratishi kerak. Bu pozitsiya Kobulga boshqa davlatlar bilan munosabatlarda muvaffaqiyatga erishish imkonini beradi.

Avvalroq «Kursiv» Tolibon Afgʻonistondan sanksiyalar rejimi tezroq bekor qilinishini kutayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek