Elektr energiyasi hisoblagichlarining «noto‘g‘ri» ishlashi sababi ma’lum bo‘ldi
Hududiy elektr tarmoqlari (HET) elektr energiyasi iste’molini «noto‘g‘ri» hisoblash bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
«Ayni kunda butun respublikamiz bо‘ylab elektr energiyasi hisobini yuritayotgan «Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi » (ASKUE) tomonidan avtomat ravishda iste’mol qilingan elektr energiyasini har bir iste’molchi bilan hisoblashning sutkalik, oylik va yillik nazoratini olib boradi va buni shaffof ravishda har bir fuqaro kuzatib borish imkoni yaratilgan», deyiladi kompaniya xabarida.
Kompaniyaning qoʻshimcha qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bunday xabarlarnig kelib chiqishining asosiy sababi ayrim tо‘lov tizimlarining «Hududiy elektr tarmoqlar» AJ bilan kelishmagan holda, gо‘yoki iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ma’lumotlar chiqarilgani sababli kо‘plab iste’molchilarda mana shunday tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.
HET Oʻzbekiston fuqarolarini kompaniyaning rasmiy veb-saytidagi ma’lumotlarni shaxsiy kabineti orqali tekshirishga chaqirdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston elektr energiyasini ogohlantirishsiz o‘chirish uchun jazo choralarini joriy etishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.