Parkent tumanida $40 mingga yer olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
U shundan $5 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan
Foto: Bosh prokuratura

Toshkent viloyatining Parkent tumanida fuqaroga yer olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum boʻlishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, unga «Navbahor» qoʻrgʻoni hududidan 20 sotix yer maydonini tanishlari yordamida $40 ming evaziga hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishini va’da qilgan. Shundan $5 ming olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Samarqandda noqonuniy qurilgan besh qavatli bino buzib tashlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek