Alisher Qodirov: 1 kVt elektr energiyasi tannarxi 990 so‘m
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov O‘zbekistonda elektr energiyasi narxi oshishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Uning qayd etishicha, 1 kVt elektr energiyasi tannarxi 990 so‘m.
Qodirovning qo‘shimcha qilishicha, 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qiladigan aholi uni 1 kVt uchun 450 so‘mdan sotib oladi. 1 ming kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilganlar — mos ravishda 900 so‘mdan xarid qilishadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday narxlar «yordam», lekin talab emas.
«Energetika sohasi qancha tez bozor munosabatlariga oʻtsa, shuncha tez iqtisodimiz oʻsadi, ish oʻrinlari ko‘payadi, aholi daromadi oshadi va albatta ta’minot tizimlari talab darajasida boʻladi», deya xulosa qildi Qodirov.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun ijtimoiy standartni oshirish bo‘yicha petitsiya yaratilgani haqida yozgan edi.