Sobiq prokuror “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi
eʼlon qilindi
Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi
Xodjayev Marufxon «Hududgazta’minot» AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xodjayev bunga qadar 2023-yilning avgustidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Nabiyev Fitratullo O‘zR Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori etib tayinlandi.
Avvalroq «Kursiv» «Oʻzenergosotish» kompaniyasiga yangi rahbarlar tayinlangani haqida xabar bergan edi.