Ozodbek Nazarbekov mahalliy kiyim brendini reklama qildi
eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi vaziyatni oʻrganmoqda
O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov KINGSMAN kiyim-kechak do‘konining reklama roligida suratga tushdi. Video do‘konning Instagram’dagi sahifasida paydo bo‘ldi, biroq administratorlar keyinchalik videoni o‘chirib tashlashdi.
Oʻzbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi vaziyatni oʻrganayotganini ma’lum qildi.
Davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunning 13-moddasiga ko‘ra, mansabdor shaxslar pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas, davlat rahbarining normativ hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, Nazarbekov 2023-yil iyul oyida Madaniyat vaziri lavozimiga tayinlangan edi.