Horijiy davlatda doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan deputatlar va senatorlar mandatdan chetlatiladi

eʼlon qilindi
Qonun hujjatlariga shunday o‘zgartirishlar kiritildi
Rasm: Oliy Majlis

O‘zbekiston qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, Oliy Majlis deputatlari va senatorlari xorijiy davlatda doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lsa, vakolatlarini tark etishlari kerak.

Shuningdek, xalq vakillarining vakolatlari, agar ular Qonunchilik palatasi yoki Senat qarori bilan parlament ishida 30 kun va undan ortiq vaqt davomida ishtirok etmasa tugatiladi.

Shunga o‘xshash chora deputatlar va senatorlar haq to‘lanadigan ish bilan shug‘ullansa, ularga nisbatan ham qo‘llaniladi. Istisnolar: ilmiy, ijodiy va pedagogika.

Shuningdek, deputat o‘zi saylangan partiyadan chiqsa, deputatlik maqomi bekor qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda xorijiy siyosiy birlashmalar faoliyati taqiqlangani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek