Islohotchi Masud Pezeshkiyon Eronning yangi prezidenti bo‘ladi
eʼlon qilindi
U 30,5 mln ovozdan 16,4 mln ovoz oldi
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Masud Pezeshkiyon Eronning to‘qqizinchi prezidenti etib saylandi. IRNA agentligi saylov komissiyasi ma’lumotlariga koʻra, u saylovning ikkinchi bosqichida hisoblangan 30,5 mln byulletendan 16,4 mln ovoz olgan.
Uning raqibi, konservativ Said Jaliliy 13,5 mln ovoz oldi.
Saylovlarning birinchi bosqichida peshqadam Pezeshkiyon ham 10,4 mln ovoz olgan, Jaliliyning 9,4 mln ovoz yiqqan. Biroq u 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmagani uchun ikkinchi turni o‘tkazish zarurati tug‘ildi.
Masud Pezeshkiyon o‘zining islohotchi pozitsiyasi va G‘arb bilan muloqotga intilishi bilan mashhur.
Eslatib o‘tamiz, prezident Ibrohim Raisi aviahalokatda vafot etganidan keyin navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari tayinlangan edi.