Hafta yakuni: ESG forumi, «Tashabbusli budjet»ning boshlanishi, dollar kursi bo‘yicha yangilangan prognoz

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Yerga yaqin joydan asteroid uchib oʻtdi

Rasm: Depositphotos.com

2204 MK nomli yirik asteroid Yerdan taxminan 300 ming km masofada uchib oʻtdi. Bu haqda Rossiya Mstislav Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti optik teleskoplar xalqaro tarmogʻining Telegram kanali xabar berdi.

BMT Bosh kotibi Toshkentda nimalar bilan band

Rasm: O‘zbekiston Tashqi vazirligi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Oʻzbekistonga yetib kelgach Toshkentdagi ikkita muhim obyektga tashrif buyurdi, deb xabar qildi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi (TIV).

Global Shimol iqlim o‘zgarishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak

Rasm: By Specialgst

Markaziy Osiyodagi suv tanqisligi va issiq to‘lqinlar insonning oziq-ovqat, suv, sog‘liq, mulk va hayotga bo‘lgan huquqlariga bevosita ta’sir qiladi. Iqlim o‘zgarishining bu ta’siri hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi va aholi salomatligi va xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi.

Viloyatlarda palovning o‘rtacha narxi qancha

Rasm: Klike.net

Statistika agentligi tomonidan iyun oyidagi viloyat markazlarida joylashgan umumiy ovqatlanish joylaridagi palovning o‘rtacha narxi o‘rganib chiqildi.

Oʻzbekistonda meva-sabzavot narxining pasayishi fonida deflyatsiya qayd etildi

Rasm: Piqsels

2024-yilning iyun oyida deflyatsiya 0,24 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi.

BYD yangi temir yo‘l orqali O‘zbekistonga 260 ta avtomobil jo‘natdi

Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi O‘zbekistonga poyezd orqali 260 ta avtomobil jo‘natdi, deb xabar berdi IXBT.com.

Magistraturaga qabul boshlandi

Rasm: Mrcollege.ac.uk

Talabgorlar o‘z hujjatlarini magistr.edu.uz platformasi orqali onlayn topshiradilar.  Bunda faqatgina turdosh yo‘nalishlargagina hujjat topshirishlari mumkin. Masalan, tibbiyotni tamomlagan talabalar texnika yo‘nalishiga yoki iqtisodni tamomlab pedagogiga yo‘nalishlariga topshirisha olmaydilar.

O‘zbekiston milliy so‘mi 30 yoshda – video

1-iyul kuni so‘m qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston Markaziy banki milliy valyutaga oid bir qancha faktlarni e’lon qildi.

Endilikda BYD avtomobillarining narxi arzonlashadi – BYD Uzbekistan Factory bosh direktori

Rasm: Prezident matbuot xizmati

BYD avtomobillarining narxi arzonlashadi. Bu haqda BYD Uzbekistan Factory bosh direktori Shafqatbek Alimov «Oʻzbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Endilikda avtomobilni tasarruf etish uchun ishonchnomani onlayn olish mumkin – Adliya vazirligi

Rasm: Unsplash

Avtotransport vositasini tasarruf etish ishonchnomasini «Elektron notarius» orqali rasmiylashtirish mumkin boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish qaysi masalalarni muhokama qildi

Rasm: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni Koʻksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot prezident xabar berdi.

«Toshkent» Respublika fond birjasi chakana investorlar oʻrtasida savdo tanlovini e’lon qildi

Rasm:RFB

«Toshkent» Respublika fond birjasi tomonidan umumiy qiymati 100 mln soʻm boʻlgan Oʻzbekiston qimmatli qogʻozlar bozorida chakana investorlar oʻrtasida savdo tanlovi e’lon qildi. Bu haqda birja axborot xizmati xabar berdi.

Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishdagi xavfsizlik talablari kuchaytiriladi

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv

«Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha talablarni kuchaytirish toʻgʻrisida» qaror qabul qilindi.

BMT Bosh kotibi O‘zbekistonni sivilizatsiya markazlaridan biri deb atadi

Rasm: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tavsiyalarining aksariyat qismini qabul qildi, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish respublikaga tashrifi chogʻida.

Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish xizmati ishga tushdi

Rasm: depositphotos.com

Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Elektr energiyasi hisoblagichlarining «noto‘g‘ri» ishlashi sababi ma’lum bo‘ldi

Rasm: Pixabay

Hududiy elektr tarmoqlari (HET) elektr energiyasi iste’molini «noto‘g‘ri» hisoblash bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

O‘zbekiston o‘rtacha daromadi past bo‘lgan mamlakatlar qatorida qoldi

Rasm: depositphotos.com

Jahon banki ma’lumotlariga koʻra, 2023-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan past boʻlgan davlatlar qatorida qoldi.

Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lish uchun nimadan boshlash kerak

Rasm: IgorVetushko/Depositphotos

O‘zR Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) ma’lumotlariga ko‘ra, 1-may holatiga O‘zbekistonda 274,7 ming yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) ro‘yxatga olingan. Ularning 83,5 foizi yagona daromad solig‘ini to‘laydi. Tadbirkorlarning yana 15,5 foizi aylanmadan olinadigan soliq, 1 foizi QQS to‘laydi.

YaTT sifatida faoliyatini amalga oshirish va biznes boshlash uchun nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida «Kursiv» muxbiri «1000 ta millioner» klubi va «Rich Aroma» parfyumeriya kompaniyasi asoschisi Asadbek Ashurovdan javob oldi.

Oʻzbekiston delegatsiyasini Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi

Rasm: MOQ

2-iyul kuni Oʻzbekiston delegatsiyasini «Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.

Yil boshidan buyon 20 ming fuqaro ipoteka kreditlariga subsidiya olish uchun ijobiy xabarnoma oldi

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv

2024-yil hisobiga 20 ming nafar fuqaro subsidiya masalasida ijobiy javob olgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Shohruxbek Gʻaniyev ma’lum qildi.

Mask «Rim imperiyasi haqida o‘ylaydiganlar» uchun kitoblarni tavsiya qildi

Rasm: Gonzalo Fuentes/Reuters

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask «har kuni Rim imperiyasi haqida o‘ylaydiganlar» uchun 11 ta kitobdan iborat ro‘yxat bilan bo‘lishdi. Mask bu postni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirdi.

Qurol olib yurishga doir hukumat qarori tasdiqlandi

Rasm: depositphotos.com

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qurol olib yurishga doir ruxsatnomalarni litsenziyalash pasportlari belgilab berildi. Bu haqda hukumat qarori tasdiqlandi.

Jizzaxdagi kichik atom elektr stansiyasi ishchilari qayerda yashaydi

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv

Jizzax viloyatining Forish tumanidagi Uchquloch qishlogʻi yonida Jizzaxda qurilayotgan kichik AES ishchilari uchun turarjoy binolari quriladi, bu haqda «Kursiv»ga «Rosatom» korporatsiyasi xabar berdi.

Alisher Qodirov: 1 kVt elektr energiyasi tannarxi 990 so‘m

Rasm: depositphotos.com

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov O‘zbekistonda elektr energiyasi narxi oshishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. Uning qayd etishicha, 1 kVt elektr energiyasi tannarxi 990 so‘m.

Gaz importi va pul o‘tkazmalari. O‘zbekistonda dollar kursiga nima ta’sir qiladi

Rasm: depositphotos.com

2024-yil iyun oyida so‘m AQSh dollariga nisbatan 0,33 foizga mustahkamlandi. Biroq Amerika valyutasi iyulni o‘sish bilan boshladi. «Kursiv» ekspertlar bilan iyun oyida dollar kursining pasayishiga nima sabab bo‘lgani haqida suhbatlashdi, shuningdek, yaqin kelajak uchun prognozlar haqida so‘radi.

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi

Rasm: Mdo.uz

Prezident farmoniga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim agentligi (MTA) faoliyati tugatildi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining «Huquqiy axborot» Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Hindistonda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi

Rasm: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida sodir boʻlgan fojia oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yoʻlladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Bayden prezidentlik poygasini tark etish niyatida emasligini ma’lum qildi

Rasm: Reuters / Jonathan Ernst

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden saylovoldi debatida muvaffaqiyatsiz qatnashganiga qaramay, saylovda nomzodini qoldirishga qaror qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi – video

Bugun Belarus Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zoligi qabul qilindi.

«Tashabbusli budjet» qachon boshlanadi

Rasm: Mirzaobod.uz

«Tashabbusli budjet»ning 2024-yilgi II mavsumi 6-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Oʻzbekiston Qirgʻizistonning seldan zarar koʻrgan hududiga gumanitar yordam yubordi

Foto: Qirgʻiziston FVV

Oʻzbekiston kuchli sel-suv toshqinlaridan jabr koʻrgan Qirgʻiziston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi.

Mirziyoyev: ShHTning jipsligini kuchaytirishimiz kerak

Rasm: Prezident matbuot xizmati

ShHTga kiruvchi davlatlar tashkilotning jipsligini kuchaytirishi kerak, dedi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi sammitda soʻzlagan nutqida.

O‘zbekistondagi «Lukoyl» oltingugurt narxini manipulyatsiya qilishda gumon qilinmoqda

Rasm: Open Source Investigations

Oʻzbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi «Lukoyl Overseas Supply and Trading Ltd» kompaniyasiga nisbatan ish qoʻzgʻatdi, deyiladi tashkilot matbuot-relizida.

O‘zbekiston banklarining yangilangan reytingi e’lon qilindi

Rasm: ITIM

O‘zbekistonda 2024-yil ikkinchi chorak yakunlari bo‘yicha O‘zR banklarining yangi reytingi e’lon qilindi. Yirik banklar roʻyxatida avvalgidek birinchi oʻrinda «Kapitalbank» turibdi.

Shavkat Mirziyoyev «ShHT — Afgʻoniston» muloqot guruhi faoliyatini qayta tiklashni taklif qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Afgʻoniston Markaziy Osiyoning ajralmas qismi, uning hukumati bilan muloqotni davom ettirish butun mintaqa manfaatlariga xizmat qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) Ostonadagi sammitida maʼlum qildi.

O‘zbekistonlik sayyohlar ko‘proq qaysi davlatlarga tashrif buyurishadi

Rasm: Piqsels

2024-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistondan xorijga 2,2 million sayyoh tashrif buyurdi. Ulardan 995 mingdan ortigʻi Qirgʻizistonda bo‘lishgan.

15 ta aviakompaniya chiptalarini Toshkent aeroporti kassalarida xarid qilish mumkin

Rasm: UzAiroports

«Toshkent» aeroporti kassalarida endi avvalgidek bitta emas, 15 ta aviakompaniyadan chipta sotib olish mumkin, deb xabar qildi «UzAiroport» matbuot xizmati.

O‘zbekistonda 12 oy ichida narxlar o‘rtacha qanday oshadi

Rasm: Markaziy Bank

Markaziy bank tomonidan aholi va tadbirkorlar orasida inflyatsiya yuzasidan soʻrovnoma oʻtkazildi. Bu haqda MB Telegram kanalida xabar berildi.

Soʻrovnomaga koʻra, iyun oyida aholining inflyatsiyani sezish darajasi oʻtgan oyga qaraganda biroz sekinlashgan va 13,4 foizni koʻrsatgan. Kutilmalar esa 12,8 foiz ni tashkil etgan. Bu degani, fuqarolar kelgusi 12 oy davomida mamlakatda mahsulot va xizmatlar narxining aynan shunday o‘rtacha oshishini kutishmoqda.

Hamster Kombat tokenlari sotuvga chiqariladi – Pavel Durov

Rasm: depositphotos.com

 Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov yaqin kunlarda Hamster Kombatning Ton platformasida token chiqarishini ma֥’lum qildi.

Cobalt qolmadi, kiberhujumlarga qaramay

Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

«UzAuto Motors» kompaniyasining Cobalt avtomobillari uchun shartnomalari qolmadi. Jami 14 250 dona sotildi.

Horijiy davlatda doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan deputatlar va senatorlar mandatdan chetlatiladi

Rasm: Oliy Majlis

O‘zbekiston qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, Oliy Majlis deputatlari va senatorlari xorijiy davlatda doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lsa, vakolatlarini tark etishlari kerak.

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishining oldi olindi

Rasm: Qirg‘iziston MXDQ

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) respublikada hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinishni to‘xtatdi, deb yozadi Kaktus.Media.

O‘zbekistonda partiyalarga davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ ko‘paytiriladi

Rasm: depositphotos.com

O‘zbekistonda siyosiy partiyalarga har yili davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ ko‘paytiriladi, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

«Narxdan qadr-qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish»: ESG bo‘yicha birinchi «Kursiv» forumi qanday o‘tdi

Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

4-iyul kuni «Kursiv Uzbekistan» Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida birinchi ESG forumini o‘tkazdi. Tadbir «Narxdan qadr-qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish» deb nomlangan bo‘lib, to‘rtta panel sessiyasidan iborat bo‘ldi. Ekspertlar, hukumat va biznes vakillari barqaror rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Shuningdek