Fuqarolardan One ID parollarini murakkabiga almashtirish soʻraldi

eʼlon qilindi
Xakerlik forumlaridan birida deyarli 10 milliard noyob parollarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi paydo bo‘ldi
Foto: Jamdesign / depositphotos.com

Fuqarolardan One ID tizimi uchun murakkab parol tanlash kerakligi ta’kidlandi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xakerlik forumlaridan birida deyarli 10 milliard noyob parollarni oʻz ichiga olgan ma’lumotlar bazasi paydo boʻldi. Mutaxassislar parollarni imkon qadar tezroq oʻzgartirishni va murakkabini tanlashni tavsiya etmoqda.

«Sababi oson parol egasi firibgarlarning eng zaif oʻljasiga aylanadi», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, parolni oʻzgartirish uchun video qoʻllanmadan foydalanish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Kiberxavfsizlik markazi foydalanuvchilar ma’lumotlar bazalarida yo‘qolib qolganini aniqlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek