Oltin quymalari narxi haftani o‘sish bilan boshladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Narxlar o‘tgan hafta bilan solishtirilganda sezilarli darajada o‘sgan
Foto: Pexels.com

O‘lchovli quymalar va sotuv tangalarining bugungi narxi oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Unga ko‘ra o‘lchovli quyma oltinning 5 grammi 4,96 million so‘mni, 10 grammi  9,93 million so‘mni, 20 grammi 19,85 million so‘mni va 50 grammi 49,63 million so‘mni tashkil qilmoqda.

Esdalik tangalar esa 15 grammi 15,035 million so‘m, 20 grammi 20,05 million so‘m qiymatga ega bo‘lib turgan bo‘lsa, 31,1 gramm oltin tanga 31,17 million so‘m, xuddi shuncha gramm kumush tanga 771 ming so‘m narx bilan baholanmoqda.

Taqqoslash uchun: 1-iyuldagi holatga ko‘ra belgilangan narxlar bilan solishtirganda, bir hafta ichida bir gramm oltin quymasining narxi 23,4 ming so‘mga qimmatlashgan. Esdalik tangalari misolida ham narxlarda o‘sishni kuzatishimiz mumkin. Misol uchun, 31,1 gramm oltin tanga 740 ming so‘mga, xuddi shuncha gramm kumush tanga esa 34 ming so‘mga qimmatlagan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zR Markaziy banki bir necha oy davomida oltin sotmagani haqida yozgan edi.

Shuningdek