«United Airlines» samolyoti Los-Anjelesda parvoz paytida g‘ildiragini yo‘qotdi
«United Airlines» samolyoti Los-Anjelesdan parvozga chiqqan paytida qo‘nish g‘ildiragini yo‘qotdi. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.
Aviakompaniyaning ma’lum qilishicha, jabrlanganlar yo‘q va samolyot Denverdagi manziliga xavfsiz qo‘ndirilgan. G‘ildirak Los-Anjelesda topilgan. Hodisaga nima sabab bo‘lgani tekshirilmoqda. Bu aviakompaniya uchun joriy yilda sodir bo‘lgan ikkinchi shunday voqea bo‘ldi. Samolyot taxminan 30 yillik Boeing 757-200 bo‘lib, unda 174 yo‘lovchi va 7 ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Shuningdek, mart oyida «United Airlines» aviakompaniyasining San-Fransiskodan Yaponiyaga tomon ko‘tarilgan Boeing 777-200 samolyoti ham parvoz vaqtida g‘ildiragini yo‘qotgan va Los-Anjeles xalqaro aeroportiga qo‘ngan. G‘ildirak aeroport xodimlarining to‘xtash joyidagi mashinaga kelib urilgan va uning oynasini sindirgan. Voqea natijasida hech kim jabrlanmagan.
Ma’lumot uchun aprel oyida «United Airlines» yilning dastlabki uch oyidagi daromadiga 200 million dollar (161 million funt sterling) zarar yetganiga bo‘lgan favqulodda hodisalarni sabab qilib ko‘rsatgan. Raqib «Alyaska» aviakompaniyalarining parvoz o‘rtasidagi portlashi «United» kompaniyasining ko‘plab Boeing samolyotlarini yerga tushirishga majbur qilganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «UzAirways» samolyotning Toshkent aeroportiga qaytgani haqida xabar qoldirgan edik.