«Ijtimoiy karta» tizimi yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
Har bir oilaning “ijtimoiy-raqamli pasporti” bo‘ladi
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda «ijtimoiy karta» joriy etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bu boradagi rejalar bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari toʻliq avtomatlashtiriladi. «Ijtimoiy karta» ham toʻlov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublikni tasdiqlash xususiyatga ega bo‘ladi.

Ushbu tizim dastavval Toshkent shahri, so‘ng Yangiyoʻl tumanida, keyingi yildan boshqa hududlarda yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali 72 turdagi ijtimoiy xizmat, 76 turdagi yordam va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga birlashtiriladi.

Eski qogʻoz hujjatlar vaqt va mablagʻ tejash uchun bekor qilinadi. Ushbu tizim yordamida har bir oilaning ehtiyojlari va imkoniyatlarini aks ettiradigan «ijtimoiy-raqamli pasporti» yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda jamoat transporti faoliyatini yaxshilaydigan smart tizim joriy etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek