«UVT Aero» aviakompaniyasi Qozon – Toshkent oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻyadi

eʼlon qilindi
4-avgustdan
Foto: O‘zbekiston Transport vazirligi

«UVT Aero» aviakompaniyasi 4-avgustdan Qozondan Toshkentga muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniyas matbuot xizmati xabar berdi.

Shaharlar oʻrtasidagi reyslar haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Yoʻlovchilarni tashish uchun Bombardier CRJ-200 samolyotlaridan foydalaniladi.

Bir tomonga chiptalar narxi 2 million soʻmdan (150 yevro) boshlanadi. 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 15 foiz chegirma mavjud.

Joriy yil fevral oyida UVT Aero rahbari Petr Trubayev kompaniya Qozondan Buxoroga ham reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning iyun oyida Uzbekistan Airways Samarqanddan Irkutskga parvozlarni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek