Markaziy bank firibgarlikning yangi turidan ogohlantirmoqda – video

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Markaziy bank yangi firibgarlik sxemasini ochib beruvchi video tayyorladi
Foto: Roman Dedotov / «Kursiv»

Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda oʻzgalar nomiga kredit rasmiylashtirgan firibgarlar koʻplab uchramoqda. Markaziy bank yangi firibgarlik sxemasini ochib beruvchi video tayyorladi.

Unda ta’kidlanishicha, oldinlari firibgarlar plastik kartadan pul yechib olgan boʻlsa, endi ular yangi nayrangga oʻtgan.

«Kartangizda pul boʻlmasa ham ularning oʻzlari kredit rasmiylashtirib, kartangizga kelib tushgan pullarni yechib oladi. Kreditni esa siz toʻlashga majbur boʻlasiz. Sababi siz oʻz roziligingiz bilan identifikatsiyadan oʻtib bergan boʻlasiz», deyiladi xabarda.

Firibgarlar sizning kartangizga kirishga urinadi. Keyin «buni siz amalga oshirdingizmi», deb soʻraydi? Yoʻq, bu men emas degan javobni eshitgach firibgarlar «hozir sizni Markaziy bank bilan bogʻlaymiz», deb chalgʻitadi.

Soxta Markaziy bank xodimi sizdan karta ma’lumotlaringizni soʻraydi. «Hozir sizga SMS boradi, uni menga aytib yuboring», deydi. Barcha SMSlar olingach bir vaqtning oʻzida 5-6 ta bankka kredit olishga ariza topshiradi va bank bergan pulni boshqa kartaga oʻtkazib oladi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda bankdan 370 mlrd soʻm oʻgʻirlamoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ushlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek