Oʻzbekistonlik sport gimnastikasi hakami Olimpiyada oʻyinlarida ish olib boradi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi  xabar berdi
                    
                            
Xalqaro gimnastika federatsiyasi «Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlarida faoliyat olib boradigan oʻzbekistonlik hakam nomini e’lon qildi. Bu haqda Olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Milliy Olimpiya qoʻmitasi ma’lumotiga koʻra, hamyurtimiz Oksana Kiosya boʻlajak Olimpiadada sportchilarning chiqishini baholaydi.
Sport gimnastikasi boʻyicha qit’a va jahon chempionatlarida faoliyat olib borib kelayotgan Oksana Kiosya uchun bu birinchi Olimpiada boʻladi.
Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik boks hakami Olimpiyada oʻyinlarida ish olib borishi haqida xabar bergan edi.
