O‘zbekiston iqtisodiyoti birinchi yarim yillikda 6,4 foizga o‘sdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Byudjet daromadlari 113 trillion so‘mga yetib, 14 foiz o‘sdi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 2024-yilning birinchi yarmida 6,4 foizga o‘sdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev shu mavzudagi yig‘ilishda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sanoat – 7,8 foizga, qurilish – 10,1 foizga, xizmatlar – 12,9 foizga, qishloq xoʻjaligi – 3,8 foizga oʻsdi.

Byudjet daromadlari 113 trillion soʻmga yetib, 14 foizga oʻsdi.

Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qoʻshilgan qiymat 567,4 trillion soʻmga yetdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion soʻmga koʻp.

Birinchi yarim yillikda jami kapital qo‘yilmalar 229 trillion soʻmni tashkil qilgani ta’kidlandi. Shundan 15,5 milliard dollari xorijiy investitsiya. Yil boshidan 3,5 milliard dollarlik 3 mingta loyiha ishga tushib, 76 mingta yuqori daromadli doimiy ish oʻrni yaratildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024-yilning birinchi choragida 6,2 foizga o‘sganini yozgan edi.

Shuningdek