Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etiladi
Foto: Tigercat / www.depositphotos.com

Surxondaryoda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilishi yuzasidan prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini birlashtirib, ular negizida yangi universiteti tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasasi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

Unda muhandislik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga doir yonalishlarda abiturientlar qabul qilinadi. Joriy 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi yuridik shaxs maqomisiz tashkil qilinadi. Unda akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalar amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitish uchun saralab olinadi.

Keyingi yillarda iqtidorli talabalar uchun xorijiy tillar o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etish va ularni har tomonlama rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi. Universitet 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy universitetlar dasturi asosida o‘z ta’lim dasturlarini belgilab oladi.

Shuningdek, Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangi universitetda davom ettiradi. 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti diplomi taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika texnologiyalari universiteti tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek