Poytaxt ko‘chalarida noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklamalar olib tashlanadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra
Foto: Andrea / depositphotos.com

Toshkent shahar hokimining 2024-yil 16-iyuldagi qaroriga muvofiq joriy yilning 1-iyuniga qadar noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari olib tashlanadi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi.

Demontaj ishlari Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti MChJ tomonidan amalga oshiriladi.

Obyektlar elektr energiyasidan uziladi. Milliy gvardiya xodimlari ish vaqtida jamoat xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. Noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini demontaj qilish ishlari 2024-yil 31-dekabrga qadar yakunlanadi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent ko‘chalaridagi LED ekranlar tekshirilib, me’yoriga keltirishi bo‘yicha amaliy ishlar boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek