Toshkent shahrining Sergeli tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Favqulodda vaziyat natijasida hech kim jabrlanmagan
Rasm: Piqsels

20-iyul kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani, Xonobod ko‘chasida joylashgan sanoat korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar beradi.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, yongʻin haqida xabar soat 12:27 da kelib tushgan. Yong‘in soat 13:01 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, mutaxassislar yong‘in sabablarini o‘rganmoqda va yetkazilgan zararni baholamoqda.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentdagi Chorsu bozoridagi yong‘in haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek