Yaponiya qurilish kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Oylik maoshi $1490 gacha
Rasm: Wavebreakmedia / depositphotos.com


Yaponiyaning yirik qurilish kompaniyasi «Shimizu Corporation» O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qilmoqda.  Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, oylik maoshi soliqlar bilan birga $1390-1490 tashkil etadi. Qo‘shimcha ish soatlari uchun alohida ustama haq to‘lanadi.

Ishga qabul faqat erkaklar uchun. Ish beruvchi nomzodlarni og‘zaki suhbatlar asosida tanlab oladi.

Ishlash niyatida bo‘lganlar uchun talablar:

  • 18-35 yoshgacha;
  • Yapon tili sertifikati: JLPT N4 yoki JFT Basic A2;
  • Qurilish maxsus malaka imtihoni sertifikati (Tokuteigino 1-go);
  • Maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan;
  • 5 yilgacha ishlashga tayyor.

Ish beruvchi O‘zbekistondan Yaponiyagacha bo‘lgan aviachipta yo‘lkira haqini o‘zi to‘laydi.

Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolar 9-iyul soat 18:30 dan 22-iyul soat 12:00 gacha ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Bolgariya o‘zbekistonlik oshpazlarni ishga taklif qilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek