Telegramdan foydalanuvchilar soni 950 mlnga yetdi

eʼlon qilindi
Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi
Foto: diy13@ya.ru / www.depositphotos.com

Soʻnggi toʻrt oy ichida Telegram messenjerining oylik auditoriyasi 50 million foydalanuvchiga koʻpaydi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.

«Telegram’da oylik faol foydalanuvchilari soni 950 millionni tashkil etdi, bahorda 900 million edi. Biz 1 milliardlik maqsad sari intilyapmiz», deydi Durov.

Vc.ru portali jurnalistlarining qayd etishicha, mart oyida Telegram foydalanuvchilari soni 900 million boʻlgan.

Avvalroq «Kursiv» Telegram firibgarlarga qarshi kurashni kuchaytirishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek