Yangi milliy turizm brendi yaratiladi
Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishga qaratilgan yangi milliy turizm brendi yaratilishi bo‘yicha prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Turizm qo‘mitasi joriy yilning 1-oktabrga qadar yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov tashkil qiladi. Shuningdek, 2024-yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusi yaratiladi. 2024/2025-yillarda O‘zbekistonga 10 mlndan ortiq auditoriyaga ega 50 nafargacha chet ellik jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlar jalb qilinadi.
Shu bilan birga, 2025-yil 1-yanvardan 100 nafar xorijlikni qamrab olgan (kamida 3 kunlik) biznes tadbirlari o‘tkazgan tadbirkorlar 2028-yil 1-yanvargacha tadbirdan olgan daromadlaridan foyda solig‘ini 50 foizga kam to‘laydilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda tibbiy turizm dasturi ishga tushirilishi haqida yozgan edik.