Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
eʼlon qilindi
U O‘zR Tashqi ishlar vazirligi rahbariga ishonch yorliqlarini topshirdi
Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Manfred Huterer O‘zR tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Uchrashuvda Saidov va Huterer sheriklikni chuqurlashtirish va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.
Avvalroq «Kursiv» Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida yozgan edi.