Iyun oyida qancha imtiyozli ta’lim kreditlar ajratildi
2024-yilning iyun oyida jami 14,8 mlrd soʻm imtiyozli ta’lim kreditlari ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ushbu kreditlar 1 746 nafar talabaga ajratilgan bo‘lib, ularning 73 foiz qismi 1 278 nafar talaba xotin-qizlarga foizlarsiz berilgan.
Tijorat banklar kesimidagi esa eng katta ulush «Sanoatqurilishbank» hisobiga to‘g‘ri keladi. Bank bir oy davomida jami 6,977 mln (1,588 mln so‘mi foizli, 5,389 mln so‘mi foizsiz) so‘m miqdorida imtiyozli ta’lim krediti ajratgan.
Keyingi o‘rindagi eng yirik imtiyozli ta’lim krediti ajratgan bank «Agrobank» bo‘lib, umumiy qiymatda 3,416 mln so‘m ajratgan.
Eng kam imtiyozli ta’lim krediti «Hamkorbank» ajratgan, bank iyun oyi umumiy hisobda 18 mln (foizsiz) so‘m miqdordagi mablag‘ ajratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq banklardagi muammoli kreditlarning kamaygani haqida xabar bergan edik.