25-iyul kuni O‘zbekistonda +40 daraja issiq havo saqlanib turadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor
Bugun, 25-iyul kuni respublikaning barcha viloyatlarida havo harorati +40 daraja issiq bo‘ladi. Janubiy hududlarda kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.
Poytaxtda havo bulutli bo‘lsa ham, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo harorati 39-41 daraja issiq va kechasi 24-26 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda esa havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi hududlarda sel kelishi xavfi bor. Kunduzi havo harorati 27-32 darajagacha isiydi, kechasiga kelib 15-20 daraja iliq bo‘ladi.