Hafta yakuni: MB islomiy moliya bo‘yicha nizomni qabul qildi va asosiy stavkani pasaytirdi, Fransiyada Olimpiada boshlandi, jazirama tufayli elektr energiyasi iste’moli rekord darajaga yetdi

eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda eng koʻp qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum boʻldi

Rasm: UzAuto Motors

Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar – iyun oylarida 190 786 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi.

Kamala Harris AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ydi

Rasm: Newsweek.com

AQSh prezidenti Jo Baydenning saylovoldi tashviqoti qo‘mitasi federal saylov komissiyasiga vitse-prezident Kamala Harrisni Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rsatuvchi hujjatlarni yubordi. Hujjat komissiya saytida e’lon qilindi.

Startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi

Rasm: Raqamli texnologiyalar vazirligi

20-iyul kuni Toshkentda  startaplarni qo‘llab-quvvatlash markazi – «Startap Garage» ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonda tarvuz bozori qulash arafasida

Rasm: Pixabay

Oʻzbekistonda, umuman, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi tarvuz bozorida murakkab vaziyat yuzaga keldi.

«Humo»ni xususiylashtirish jarayoni boshlandi

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi savdosi boshlanganini e’lon qildi.

Madaniyat vaziri reklama qilgan doʻkon jarimaga tortildi

Rasm: Ijtimoiy tarmoqlar

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov reklama qilgan doʻkon jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda ipoteka krediti uchun subsidiyani qanday olish mumkin

Rasm: Piqsels

2024-yil 22-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda doimiy aholi soni deyarli 37,2 mln kishini tashkil qiladi. Mamlakatda uy sotib olish yoki ta’mirlash eng dolzarb masalalardan biridir. Biroq hamma fuqarolar ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyatiga ega emas, shuning uchun ular ipoteka kreditini olishga majbur. «Kursiv» O‘zbekistonda ipoteka uchun qanday qilib subsidiya olish mumkinligini va nima uchun fuqarolarga bu xizmatni taqdim etilishiga rad javobi kelishi mumkinligini aniqladi.

Telegramdan foydalanuvchilar soni 950 mlnga yetdi

Rasm: diy13@ya.ru/Depositphotos

Soʻnggi toʻrt oy ichida Telegram messenjerining oylik auditoriyasi 50 million foydalanuvchiga koʻpaydi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.

Oʻzbekistonlik oʻquvchi qiz Germaniyadagi olimpiadada gʻolib boʻldi

Rasm: Goethe-institut / Andreas Dahn

15 – 22-iyul kunlari Gettingen shahrida nemis tili boʻyicha Butunjahon olimpiadasi gʻoliblari aniqlandi.

Oʻzbekistonda soxta trenerlarga javobgarlik belgilanmoqda

Rasm: Igor Vetushko / depositphotos.com

Oʻzbekistonda pul topish uchun soxta trenerlik qilayotganlar uchun javobgarlik belgilanmoqda.

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb topildi

Rasm: Piqsels

Numbeo portalining 2024-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston jinoyatlar reytingida 146 mamlakat ichida 120-o‘rinni egalladi.

Turizm uchun import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi

Rasm: Southtwonboy / depositphotos.com

Turizm kompaniyalari tomonidan olib kiriladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi. Bunday imtiyoz 2025-yilning 1-avgustigacha amal qiladi. Prezident bu haqdagi qarorni imzoladi.

O‘zbekistonga 50 nafar xorijlik bloger va jurnalist taklif etiladi

Rasm: EdZbarzhyvetsky/Depositphotos

2024/2025-yillarda O‘zbekistonga 10 mln obunachi auditoriyasiga ega 50 nafar xorijiy bloger va jurnalistlar taklif etiladi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga tayanib.

O‘zbekistonda yarim yil ichida ishbilarmonlik faolligi oshdi

Rasm: Rawpixel / depositphotos.com

Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyati joriy yilning 6 oyi davomida oʻsish dinamikasini koʻrsatmoqda. Monitoring natijalari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan e’lon qilindi.

Apple buklanadigan smartfonlarni ishlab chiqaradi – The Information

Foto: bloodua / www.depositphotos.com

Texnologiya giganti Apple oʻzining mashhur iPhone smartfonining buklanadigan versiyasi ustida ish olib bormoqda.

Shavkat Mirziyoyevga tavallud ayyomi munosabati bilan davlat rahbarlaridan tabriklar kelmoqda

Rasm: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Turkiya kompaniyasi Toshkent viloyatida qiymati $30 millionlik oltin qazib olish zavodini quradi

Rasm: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati Piskent tumanida Turkiya kompaniyasi qiymati $30 millionga teng boʻlgan kon ishlari va oltin qazib olish zavodini quradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Statistik ma’lumotlar: Rossiyada mehnat muhojirlari soni kamaymoqda

Rasm: Free2014 / depositphotos.com

Rosstat tadqiqotiga ko‘ra, Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan mehnat muhojirlari soni 20 foizdan ko‘proqqa kamaydi. Natijalar haqida RBK agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston madaniy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi

Rasm: Piqsels

Oʻzbekiston Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga (ICCROM) a’zo boʻldi, deb xabar qildi OʻzR Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi.

Yandex Uzbekistan IT-mutaxassislarni pulli amaliyotga taklif qiladi

«Yandex Uzbekistan» talabalar va IT-mutaxassislarni stajirovkaga taklif etadi. Bu haqda Yandex matbuot xizmati «Kursiv»ga xabar qildi. Amaliyot kompaniyaning Toshkentdagi ofisida o‘tkaziladi.

Oʻzbekiston mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmaydi – Ancor

Foto: ilixe48 / Depositphotos

Oʻzbekistonda chet el korxonalari soni koʻpayishi, mahalliy kompaniyalar rivojlanishi va malakali kadrlarning yetishmasligi kuzatilmoqda. Bu «Ancor» kompaniyasining «Biz xohlagan ish» tadqiqotida ma’lum qilindi (Tadqiqot «Kursiv»da mavjud).

Yil boshidan buyon O‘zbekiston korxonalarida baxtsiz hodisalar tufayli 400 dan ortiq ishchilar jarohat oldi

Rasm: Livejournal

O‘zbekistonda so‘nggi olti oyda 416 kishi ish joyida tan jarohati oldi – 303 nafari og‘ir, 12 nafari yengil tan jarohati oldi, 101 nafar xodim halok bo‘ldi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda ajrimlarning asosiy sabablari ochiqlandi

Rasm: Pixabay

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida joriy yilning birinchi yarmida qayd etilgan ajrimlarning asosiy sabablarini ma’lum qildi.

Arxeologlar Urgut yaqinida So‘g‘d ibodatxonasini topishdi

Rasm: Samarkandskiy vestnik

O‘zbekistonlik arxeologlar Urgut tumanidagi Qo‘rg‘ontepa yodgorligida olib borilgan qazishmalar chog‘ida VII–VIII asrlarga oid So‘g‘d ibodatxonasini topdi, deb yozadi «Samarkandskiy vestnik».

Kibersport bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladi

Rasm: Match TV

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) kibersport bo‘yicha Olimpiada o‘tkazish tashabbusini ma’qulladi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot markazi.

Oʻzbekiston futbol jamoasi Ispaniyaga yutqazdi

Rasm: O‘FA

24-iyul kuni Parijdagi Olimpiya o‘yinlari doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi.

Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismidagi rejalari haqida gapirdi

Rasm: Oq uy matbuot xizmati

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden bo‘lajak prezidentlik saylovlaridan o‘z nomzodini olganidan so‘ng ilk bor vatandoshlariga murojaat qildi. U prezidentlik davrida oxirigacha lavozimda ishlashning ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirdi, deb xabar berdi CNN.

Tadbirkor ayollar uchun Moliya kodeksi joriy etiladi

Rasm: Markaziy bank

Markaziy bank va Oliy Majlisi Senati huzuridagi Gender tenglikni ta’minlash masalalari boʻyicha milliy komissiyasi hamkorligida tadbirkor ayollarning Moliya kodeksi taqdimoti o‘tkazildi.

Telegram tarmogʻida soxta havolalar orqali odamlarning pullarini oʻzlashtirgan fuqaro ushlandi

Rasm: diy13@ya.ru / Depositphotos

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro huquq tartibot idoralariga murojaat qilib, plastik kartasidan 10,3 mln soʻm miqdoridagi pul noma’lum shaxs tomonidan oʻgʻirlanganini ma’lum qilgan.

Xiaomi elektr sport avtomobili bozorga 2025-yilda chiqadi

Rasm: Xiaomi

Xitoy texnologiya giganti Xiaomi kompaniyasining SU7 Ultra sport elektromobil modeli 2025-yilning birinchi yarmida sotuvga chiqariladi, dedi kompaniya bosh direktori Ley Jun. Bu ma’`lumotni «Car News China» portali keltirmoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 13,5 foizgacha pasaytirdi

Foto: Tatiana53 / www.depositphotos.com

O‘zbekiston Markaziy banki 7-yil ichida birinchi marta asosiy stavkani 14 foizdan pastga tushirishga qaror qildi. Bu stavka 13,5% etib belgilangan. Indikatorning o‘zgarishi haqidagi xabar regulyator matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

O‘zbekistonda kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Rasm: O‘zR Fanlar akademiyasi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi. Kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim yo‘nalishlariga jami 106,2 ming qabul kvotasi ajratildi, deb xabar qildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.

YaIM oʻsishi avvalgi prognozlarga nisbatan 0,5 foizga yaxshilandi – Markaziy bank raisi

Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Oʻzbekistonda YaIM oʻsishi avvalgi prognozlarga nisbatan 0,5 foizga yaxshilandi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik kamonchi pley-off bosqichiga chiqdi

Rasm: MOQ

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining kamondan otish sport turida vatandoshimiz Ziyodaxon Abdusattorova 1-bosqichda 649 ochko yig‘ib pley-offga yo‘llanma oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar beradi.

O‘zbekistonlik alpinistlar ilk bor mamlakatning eng baland cho‘qqisiga ko‘tarilishdi

Rasm: Piqsels

O‘zbekiston alpinistlari respublikadagi eng baland cho‘qqini zabt etdi, deb xabar berdi O‘zA agentligi.

Shavkat Mirziyoyevning yangi kitobi chop etildi

Foto: Uza.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Hozirgi zamon va yangi O‘zbekiston» nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Issiq urgan odamga qanday yordam ko‘rsatish kerak

Rasm: Kursiv

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) anomal issiqlik va havoning +44°C gacha isishi haqidagi xabarlar fonida quyosh urishi holatlarida yordam ko‘rsatish bo‘yicha eslatmani e’lon qildi.

Toshkent va Chorvoq o‘rtasida avtobuslar qatnovi ko‘payadi

Rasm: Transport vazirligi

25-iyuldan boshlab Toshkent – ​​Chorvoq avtobus yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar soni koʻpaytirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda qancha ishlovchi pensioner bor

Foto: Respublika «Hunarmand» uyushmasi matbuot xizmati

2024-yil 25-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 584 ming nafardan ortiq pensionerlar mehnat faoliyatini davom ettirmoqda, deb xabar berdi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda qancha ayol zo‘ravonlikka uchradi

Rasm: depositphotos.com

O‘zbekistonda 2022-yildan 2024-yil boshigacha bo‘lgan davrda tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar soni 1,8 ming nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hajmi $1 mlrdga yetkaziladi

Rasm: Pixabay.com

2025-yil oxiriga qadar O‘zbekistonda qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmi $1 mlrdga, eksport koʻrsatkichi esa $100 mlnga yetkaziladi. Prezident «Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonni qabul qildi.

Moskva birjasiga kiritilgan sanksiyalar sabab savdolarning bir qismi Oʻzbekiston valyuta bozoriga koʻchdi – MB

Foto: Toxawww / www.depositphotos.com

AQSh tomonidan Moskva birjasiga kiritilgan sanksiyalar sabab savdolarning bir qismi Oʻzbekistondagi valyuta bozori va birjadan tashqari bozorga koʻchdi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Kursiv» muxbiri.

Oʻzbekistonda 1-avgustdan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi

Foto: aa-w / depositphotos.com

«Kursiv» 2024-yil 1-avgustdan kuchga kiradigan qonunchilikdagi oʻzgarishlar roʻyxatini jamlab chiqdi. Ma’lumotlar Adliya vazirligi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

O‘zbekistonda qaysi sohalarda eng yuqori va qaysilarida eng past maoshlar

Foto: Tatiantmarie / www.depositphotos.com

O‘zbekistonda nominal hisoblangan ish haqi salkam 5,1 million so‘mga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Jizzaxdagi kichik atom elektr stansiyasi mutaxassislari Rossiyaning Obninsk shahrida malaka oshirishadi

Rasm: Unsplash

Rossiyaning Kaluga viloyati Oʻzbekistonga Jizzaxdagi kichik atom elektr stansiyasi uchun mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

Farg‘onadagi ayrim hududlarni sel bosdi

Rasm: O‘zgidromet

Joriy yilning 25-iyulida Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida yoqqan kuchli yomg‘ir va do‘l tufayli hududda favqulotda vaziyat yuzaga keldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Singapurdagi matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari 30 dan ortiq medallarni qo‘lga kiritishdi

Rasm: Dunyo

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari matematika bo‘yicha Singapurda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada 32 medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Sirdaryoda «Hyundai» avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi

Rasm: Sirdaryo viloyati hokimligi

Sirdaryo viloyatida dunyoga mashhur «Hyundai» kompaniyasining avtomobillarini ishlab chiqarish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentda bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Foto: Didesign / www.depositphotos.com

Hukumat qaroriga binoan «Zangiota-2» shifoxonasi faoliyati tugatilib, oʻrnida Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil qilinadi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar berdi.

Oʻzbekistonda parlament saylovi 27-oktabrda oʻtkaziladi

Foto: Oliy majlis senati

Oʻzbekistonda 27-oktabrda parlament saylovlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda 26-iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida e’lon qilindi.

Toshkentda ilk marotaba «Tamerlano» operasi namoyish etiladi

Rasm: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

2024-yilning 2 va 3-oktabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri sahnasida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Stefano Poda rejissyorligidagi «Tamerlano» operasi namoyish etiladi.

Aprel oyidan beri bo‘sh ish o‘rinlari e’lonlari soni ikki barobardan ko‘proq kamaydi

Rasm: Pixabay.com

O‘zbekiston Markaziy banki mamlakat ichki bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari dinamikasini o‘rgandi. Bu haqda MB boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov 25-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«BYD Uzbekistan Factory» Sergelidagi omborlarda shikastlangan avtomobillarni ta’mirlab, sotuvga qo‘ydi

Rasm: BYD Telegram-kanali

2023-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborlarda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida shikastlangan BYD rusumli avtomashinalar ta’mirlanib, chegirma bilan sotuvga chiqarildi. Bu haqda BYD Uzbekistan matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston AQSH davlat obligatsiyalariga $35 million sarmoya kiritdi, lekin investitsiyalarni diversifikatsiya qilish haqida gapirishga hali erta — MB

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Oʻzbekiston AQSh davlat qimmatli qogʻozlariga $35 million sarmoya kiritdi. Bu haqda 25-iyul kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

ADM Jizzakh elektromobillar uchun bojlarni qaytarishni taklif etdi

Rasm: Unsplash

ADM Jizzakh avtomobil zavodi bosh direktori Doniyor Davletyarov elektromobillar uchun bojxona toʻlovlarini qaytarish va avtomobillarni olib kirishda sertifikatlashtirishni joriy etishni taklif qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi: Issiqlikdan vafot etayotgan keksalar soni 85 foizga oshdi

Rasm: HayDmitriy / depositphotos.com

Oxirgi 20-yil ichida 65 va undan katta yoshdagi odamlar o‘rtasida anomal issiqlik tufayli vafot etganlar soni 85 foizga oshdi, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

BYD yangilangan Song Plus DM-i mashinasini taqdim etdi

Foto: Autostrada.uz

BYD’ning mashhur modelida yangilanishlar bo‘ldi. Bu haqda Avtostrada ma’lum qildi.

YHXX tenderda raqobat qonunchiligini buzdi

Rasm: YHXX

O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) tender savdolarini o‘tkazishda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hafta davomida dollar kursi biroz pasaydi

Foto: Foto-RaBe / Pixabay

Hafta davomida AQSH dollarining soʻmiga nisbatan kursi biroz oʻzgardi. Buni Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi (OʻzRVB) taqdim qilgan ma’lumotdan ham ko‘rish mumkin.

Markaziy bank MMT uchun islomiy moliyalashtirishga oid nizomni tasdiqladi

Foto: Nialowwa / www.depositphotos.com

Oʻzbekiston Markaziy banki mikromoliya tashkilotlari (MMT) uchun islomiy moliyalashtirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi. Hujjat Islom moliyaviy institutlari uchun buxgalteriya va audit tashkiloti (AAOIFI) standartlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan.

Oʻzbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

Foto: KPixMining / depositphotos.com

Oʻzbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Parijda yozgi «Olimpiada – 2024» oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi – foto

Foto: Milliy olimpiya qo‘timasi

26-iyul kuni Parijda XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek