Singapurdagi matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari 30 dan ortiq medallarni qo‘lga kiritishdi

eʼlon qilindi
Ulardan yettitasi oltindir
Rasm: Dunyo

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari matematika bo‘yicha Singapurda o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada 32 medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» agentligi.

Mamlakatimiz vakillari jami yettita oltin, to‘qqizta kumush va 16ta bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Singapurdagi olimpiadaga Oʻzbekistondan 74 nafar boshlangʻich va oʻrta sinf oʻquvchilari yoʻl oldi.

Bu yilgi Singapur xalqaro matematika olimpiadasida 27 davlatdan 2,2 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari qatnashdi. Tanlovning final bosqichida ishtirok etish uchun bolalar o‘z mamlakatlarida saralash bosqichlaridan o‘tgan edi.

Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik o‘quvchi qizning nemis tili bo‘yicha olimpiadada g‘alaba qozongani e’lon qilgan edi.

Shuningdek