Qirg‘iziston – O‘zbekiston chegarasidagi ikkita nazorat-o‘tkazish punkti kechayu kunduz ishlay boshladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlar doirasida
                    
                            
26-iyuldan O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan «Farg‘ona» va «Oq-qiya» bojxona postlari kechayu kunduz ishlashga o‘tdi. Bu haqda O‘zR Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda O‘zbekistonning Shohimardon kurort qishlog‘iga yo‘l olgan fuqarolar o‘ziga qulay vaqtda chegaradan o‘tishi mumkin.
Bunday chora O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarovning 18-iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida «Oq-qiya» nazorat-o‘tkazish punkti texnik ishlar tufayli bir muddat yopilgan edi.
