Xitoyda SI ixtirolari uchun patentlar soni 40 foizdan oshdi
eʼlon qilindi
Bir yil ichida
Xitoyda sun’iy intellekt (SI) sohasidagi ixtirolar uchun patentlar soni 378 mingtaga yetdi, bu o‘tgan yilgi natijadan 40 foizga ko‘pdir, deya xabar beradi «Sinxua» agentligi Xitoy milliy intellektual mulk boshqarmasi (CHIPA)ga tayanib.
Departament ma’lumotlariga koʻra, Xitoyda sun’iy intellektga oid patentlar sonining oʻsish sur’ati jahondagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 1,4 baravar yuqori. SI sohasi yalpi ichki mahsulotning 10 foizini tashkil qiladi.
2023-yil oxiriga kelib, Xitoyning 155 mingga yaqin korxonalari raqamli ixtirolar uchun patent oldi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 31 mingtaga ko‘pdir.
Eslatib o‘tamiz, OpenAI Xitoyda o‘zining SI vositalariga kirishni bloklaydi.