O‘zbekiston futbol jamoasi bir ochko bilan Olimpiya o‘yinlarida ishtirokini yakunladi

eʼlon qilindi
Olimpiyachilar Dominikan Respublikasi bilan durang o‘ynadi
Rasm: O‘FA

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiya o‘yinlari guruh bosqichi 3-turida Dominikan Respublikasi bilan durang o‘ynadi.

Birinchi taymda jamoalar hujumkor futbol namoyish etishdi, biroq g‘olib aniqlanmadi.

Ikkinchi taymda jarima maydonchasi ichida Abduqodir Husanov raqib futbolchisiga qarshi qo‘pollik ishlatdi va darvoza tomon penalti belgilandi. Rafael Nunez 51-daqiqada Dominikan Respublikasi foydasiga hisobni o‘zgartirdi. 58-daqiqada endi maydonga tushgan Alisher Odilov hisobni tenglashtirdi (1:1).

Eslatib o‘tamiz, milliy jamoa 1-turda Ispaniyaga 2:1 hisobida mag’lub bo‘lgan edi. Ikkinchi turda Misr terma jamoasiga qarshi 1:0 yutqazgan edi. Temur Kapadze jamoasi guruh bosqichida 1-ochko jamg‘arib, musobaqa bilan xayrlashadi.

Shuningdek