Telegram messenjeri yangi funksiyalarni taqdim etdi

eʼlon qilindi
Messenjerga brauzer qo‘shildi

Telegram messenjerida yangilanishlar yuz berdi. Bu haqda messenjer asoschisi Pevel Durov o‘z sahifasida xabar berdi.

Unga ko‘ra, messenjerga brauzer qo‘shildi. O‘rnatilgan brauzerda sahifalar, saytlar, maqolalarni ko‘rish va chatlar o‘rtasida almashish mumkin. Bunday holda barcha ma’lumotlar saqlanib qolinadi.

Messenjerga Mini-ilovalar do‘koni qo‘shildi. Unda eng mashhur dasturlar, ilovalar, o‘yinlar joylashadi.

Shuningdek, endi pullik kontentga kirish uchun kontaktlarga yulduzlar sovg‘a qilinishi mumkin.

Yana, hikoyalar (Stories) uchun muqovani video ichidan olish mumkin bo‘ldi va unga ob-havo vidjeti qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov 100 dan ortiq farzandlarning otasi ekani haqida yozgan edik.

Shuningdek