1-avgustdan talabalarga turar joyi uchun ariza berish jarayonlari boshlandi

eʼlon qilindi
Arizalar onlayn yuboriladi
Foto: zhudifeng / depositphotos.com

O‘zbekistonda 1-avgustdan talabalar turar joyi uchun arizalar qabul qilish jarayonlari boshladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tasdiqlangan reglamentga asosan talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin boʻladi.

Imtiyoz va ustuvorliklarga ega abituriyentlar birinchi navbatda talabalar turar joyiga qabul qilinadi. Shundan so‘ng umumiy ro‘yxat bo‘yicha talabalar uchun yotoqxonada qolgan o‘rinlar soniga ko‘ra taqsimlanadi. Birinchi kurs talabalari uchun 55 – 65 foiz. Ikkinchi kurs talabalari uchun esa 15 – 20 foiz. Uchinchi kurs va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga 20-25% ajratiladi.

Eslatma: 2024/2025-oʻquv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan soʻng ariza yuborishlari mumkin boʻladi.

Avvalroq «Kursiv» OTMda toʻlov-kontrakt miqdorlari 15 foizga oshirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek