Xalqaro moliya korporatsiyasi 250 mlrd so‘mlik «Samarqand» obligatsiyalarini joylashtirdi

eʼlon qilindi
Bu haqda korporatsiya Linkedin'dagi sahifasida ma’lum qildi
Foto: gunnar3000 / Depositphotos.com

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) «Samarqand» obligatsiyalar bozoriga Oʻzbekistonning yetakchi ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonasini kengaytirish maqsadida 250 milliard soʻmdan ortiq ($20 million) obligatsiyalar joylashtirdi. Bu haqda korporatsiya Linkedin’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, muddati 2030-yilning aprel oyida tugaydigan milliy valyutadagi obligatsiya IFCʼning shu kungacha eng uzoq muddatga ega soʻmdagi obligatsiyasi hisoblanadi.

Oʻzbek soʻmidagi ushbu obligatsiya IFCʼning milliy valyutadagi moliyalashtirish manbalarini, shu jumladan, xalqaro kapital bozorlaridan diversifikatsiya qilish strategiyasining bir qismidir.

Ma’lumot uchun, «Samarqand» obligatsiyalari 2018-yilda London fond birjasida (London Stock Exchange) joylashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» mutaxassislari Oʻzbekistonda dollar obligatsiyalarini chiqarishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek