3-avgust kuni respublikada issiq ob-havo saqlanib turadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin
Rasm: Piqsels

Bugun, 3-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Janubiy hududlarda chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 42 darajagacha isishi mumkin. Havo harorati o‘rtacha 34-39-daraja issiq bo‘ladi. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘lishi ehtimoli bor. Yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 39-daraja issiq, kechasi esa 26 darajagacha pasayadi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo 31 darajagacha isishi mumkin, kechasi esa 19-daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek